» » Biz bilmagan fakt: Ravon Nexia boshqa davlatlarda qanday marka ostida sotiladi

Biz bilmagan fakt: Ravon Nexia boshqa davlatlarda qanday marka ostida sotiladi


Ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchilar yangi modelni yaratishdan ko‘ra, boshqalarga tegishli bo‘lgan mahsulotni o‘z nomi ostida chiqaradi. Bu kabi holatlar yangi bozorlarga chiqilayotganda yoki bankrotlik xavf solayotganida uchrab turadi. “Novate” nashri o‘zga belgi ostida chiqqan eng omadsiz modellar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

1980-yillarning oxiri 90-yillar boshlarida Ford hamda General Motors Osiyo bozorlari uchun “maxsus” avtomobillarni chiqara boshlagan: Daewoo LeMans va Ford Aspire. 2002-yilda Chevrolet Daewoo Kalos nomi bilan mashhurlikka erishgan yangi Aveo modelini taqdim etdi. Ushbu mashinani ishlab chiqarish 2011-yilda to‘xtatilganiga qaramay, u litsenziya asosida butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarila boshlangan. Aveo/Kalos’ni Ravon Nexia (O‘zbekiston, Rossiya), ZAZ Vida (Ukraina), Suzuki Swift+ va Pontiac Wave (Kanada), Pontiac G3 (AQSh va Kanada), Holden Barina (Avstraliya va Yangi Zelandiya), Chevrolet Lova (Xitoy), Chevrolet Cobalt (Braziliya) nomi ostida savdoga chiqarilgan.

1989-yilda Toyota imkonsiz ishni amalga oshirdi: u Mercedes S-Class, BMW 7 seriyasi va Jaguar XJ’dan qolishmaydigan Lexus LS400 modelini chiqardi. Lexus’ning navbatdagi avtomobili ES250 modeli bo‘lgan. Umuman olganda bu sport sedani sifatida sotishga harakat qilingan oddiy Toyota Camry edi.

Saab konserni italyanlarning Lancia kompaniyasi bilan hamkorlikda 1979-yilda Lancia Delta’ni taqdim etdi. U ralli poygalari uchun mo‘ljallangan afsonaviy Integrale nomi bilan mashhur.

Amerikaliklar 80-yillar oxirida BMW’ga qarshi Cadillac Cimmaron avtomobilini yaratgan edi. Biroq u kutilganidek muvaffaqiyat qozonmagan.

Yugo — bu Zastava Koral serb avtomobilining AQShda sotuvga chiqqan savdo markasi.

Britaniya avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 1989-yilda ishlab chiqarilgan Lotus Elan’ni Kia’ga sotib yuborgan. Kia Elon 1996—1999-yillar oralig‘ida Osiyoda sotilgan.

Aston Martin 2012-yilda Cygnet xetchbekini chiqara boshlagan. Aslida esa bu Toyota iQ mashinasi bo‘lib, yangi belgi ostida chiqarilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют