» » YeTTB O‘zbekiston banklariga yordam tariqasida 220 mln dollar kredit liniyalari ajratadi

YeTTB O‘zbekiston banklariga yordam tariqasida 220 mln dollar kredit liniyalari ajratadi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan shakllantirilgan, umumiy miqdori 1 milliard dollar bo‘lgan “Birdamlik paketi” hisobidan to‘rtta o‘zbek tijorat banklariga umumiy qiymati 220 million dollar bo‘lgan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalari va savdoni moliyalashtirish liniyalari taqdim etiladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 7-aprel kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti bilan videokonferensiya orqali muloqotida O‘zbekiston tomonidan berilgan so‘rovga javoban ushbu masala muhokama qilingan.

Shu bilan birga, aholi va korxonalar tomonidan to‘lab boriladigan kommunal to‘lovlar tushumlarini pasayishi sababli qiyinchilikka duch kelgan hududiy kommunal korxonalarning aylanma kapitalini qo‘llab-quvvatlash uchun YeTTB 100 million dollar miqdorigacha bo‘lgan moliyalashtirishni taqdim etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston bank tizimining barqaror ishlashini hamda iqtisodiyotga moliyaviy ko‘makchi bo‘lishini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda ish haqini to‘lash uchun korxonalarga kreditlar ajratish zarurligini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kredit ta’tillari davomida ham foizlar hisoblanishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют