» » AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1904 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1904 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi


AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1904 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda Jon Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 8-aprelda kuzatilgan antirekorddan 61 kishiga kam. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 16 684 kishi vafot etgan. Bir sutka oldin ushbu ko‘rsatkich 14 817 kishiga teng edi.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 465 ming kishidan oshgan, 25 mingdan ortiq odam sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda Italiyadan keyin (18 279 kishi) ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Uchinchi o‘rinni 15 447 nafar qurbon bilan Ispaniya egallab turibdi.

Avvalroq AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirusning halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi. 8-aprel kuni AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens mamlakatning ba’zi yirik shaharlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi. Shunga qaramay, amerikalik hamshira o‘z bo‘limidan faqat o‘liklar chiqayotganini bildirdi.

Mavzuga doir: Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik mashhur shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekani ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 15:30 holatiga ko‘ra, 582 kishiga yetdi. Shu paytga qadar uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют