» » Buxoroda transportdan foydalanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda transportdan foydalanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Buxoroda karantin paytida shaxsiy avtomobilda harakatlanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro shahar 2-son IIB katta tergovchisi Jahongir Yusupov ma’lum qildi.

Aytilishicha, 2020-yilning 6-aprel kuni Buxoro shahrida yashovchi 34 yoshli fuqaro A.T. boshqaruvchidagi Matiz to‘xtatilib, tekshirilganda COVID-19 maxsus ruxsatnomasi qalbakilashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 298-moddasi (Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-apreldagi qaroriga asosan, 2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют