» » Farg‘onada karantin qoidalarini buzgan 18 yoshli shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Farg‘onada karantin qoidalarini buzgan 18 yoshli shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 


Farg‘onadagi karantin hududidan qochib ketgan 18 yoshli fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

7-aprel kuni Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kelgan fuqaro X.S. Farg‘ona shahar Muruvvat ko‘chasida tashkil etilgan karantin hududiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yotqizilgan. Biroq u epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, karantin hududidan noma’lum tomonga qochib yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro X.S. Farg‘ona shahar Muborak ko‘chasida joylashgan uyda yashiringanligi aniqlanib, karantin hududiga qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan 9-aprel kuni Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: “Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?”. Respublika bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Janubiy Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochgani va u Denovda qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Parkentda va Nukusda karantindan qochgan fuqarolarga nisbatan ham jinoyat ishi ochilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni qariyb 40 ming kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют