» » Toshkentda profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Toshkentda profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan 27 yoshli ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli P.P. 2-aprel kuni soat 12:30 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida tibbiy niqob taqmasdan hech bir asosli sabab va zaruratsiz ko‘chada yurgan. Tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektori unga og‘zaki tanbeh berib, tibbiy niqob taqib olishini talab qilgan.

Ayol uning talablarini bajarmasdan inspektorni haqorat qilgan va xizmat kiyimidagi pogonini yulib olib, xizmatda foydalanadigan aloqa vositasining antennasini sindirgan.

Mazkur holat yuzasidan 5-aprel kuni P.P.ga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Qonunga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobarga oshirildi. 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlandi. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют