» » Jizzaxda mast o‘tkinchi YHXB xodimini do‘pposladi va uning pogonini yulib oldi

Jizzaxda mast o‘tkinchi YHXB xodimini do‘pposladi va uning pogonini yulib oldi


7-iyul kuni taxminan 18:30 da Jizzax viloyati IIB YHXB xodimi O.K. “Eski shahar dehqon bozori” hududida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida do‘pposlandi, deb xabar beradi “Nuz.uz”. U Lacetti rusumli avtomobil haydovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan edi.

Yonidan o‘tib ketayotgan fuqaro S.N. (1988-yilda tug‘ilgan) alkogol mastlik holatida inspektorlarga yaqinlashib, IIB YHXB xodimlarini haqorat qilgan. Xodimlar uni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, u qarshilik ko‘rsatdi: O.K.ning pogonini yulib olib, uning bo‘yniga va chap yelkasiga tan jarohatlari yetkazdi.

Ushbu holat bo‘yicha Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tekshirish ishlari olib borilmoqda.

S.N. belgilangan protsessual tartibda qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют