» » Rossiyada koronavirus sabab oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 5-15 foizga qimmatlashdi

Rossiyada koronavirus sabab oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 5-15 foizga qimmatlashdi


Rossiyada katta savdo tarmoqlarining yetkazib beruvchilari oziq-ovqat mahsulotlarining narxini o‘rtacha 5 foizdan 15 foizgacha oshirgan. Bu haqda Chakana savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi (АKORT) ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Reteylerlarning alohida yetkazib beruvchilari narxlarning 20, 30 va 50 foizgacha qimmatlashishi haqida ogohlantirmoqda”, — deyiladi xabarda. Assotsiatsiya vakillari ushbu vaziyatni mart oxiri va aprel boshida kuzatilyotganligiga rubl kursining keskin tushgani sabab ekanini bildirgan.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirus infeksiyasi qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi

Shuningdek, aholining xarid qobiliyatiga koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan cheklov choralari ham ta’sir qilmoqda, taqiqlar tufayli kichik va o‘rta biznes korxonalari yopilgan.

Avval aprel boshida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mahsulotlar, jumladan, dori-darmon va boshqa kerakli tovarlar narxini “muzlatish” taklifini qo‘llab-quvvatlagandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют