» » Turkiyaning 30 ta shahrida komendantlik soati joriy etildi

Turkiyaning 30 ta shahrida komendantlik soati joriy etildi


Turkiyaning 30 ta shahri va Zonguldak viloyatining barcha hududida koronavirus tarqalishiga qarshi kurash chorasi sifatida komendantlik soati joriy etildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu chora 11-aprel yarim tundan kuchga kiradi va 13-aprel soat 00:00 ga qadar davom etadi. Ushbu 48 soat davomida komendantlik soati joriy etilgan hududlar aholisi o‘z uylarini tark eta olmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, komendantlik soati poytaxt Anqaraga, shuningdek, mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri — Istanbulga ham tegishli.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 47 ming kishidan oshgan, 1006 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilindi

Eslatib o‘tamiz, 4-apreldan boshlab Turkiyaning yirik shaharlariga avtotransportlar kirishi hamda chiqishi taqiqlandi, 20 yoshdan kichik bo‘lganlar uchun komendantlik soati e’lon qilingan edi. Mamlakat hukumati fuqarolarning jamoat joylarida niqobda yurishini majburiy qilib qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют