» » Saudiya Arabistonida komendantlik soati joriy etildi

Saudiya Arabistonida komendantlik soati joriy etildi


Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud 23-martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilishi haqidagi farmonni qabul qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Komendantlik soati koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida kechki soat 19:00 dan ertalabki soat 6:00 gacha 21 kun davomida amal qiladi.

Avvalroq koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatdagi barcha masjidlarda jamoat namozlarini ado etish taqiqlangandi.

Oxirgi kunlarda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘payib ketgan. Ayni vaqtda mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 511 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 20-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirusdan ikki kishi vafot etgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda virusni yuqtirib olganlar soni 46 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют