» » Toshkentda garajlarni buzish ishlari davom ettiriladi. Ularning o‘rnida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

Toshkentda garajlarni buzish ishlari davom ettiriladi. Ularning o‘rnida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi


Toshkentdagi avtomobil garajlari o‘rnida ikki, uch va olti qavatli avtoturargohlar qurish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Poytaxtning bosh arxitektori Sa’dulla Muxtorxo‘jayevning ma’lum qilishicha, shahar hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun internetga joylashtirilgan.

Keng ko‘lamli “Zamonaviy mahalla” dasturining bir qismi hisoblangan loyiha 2020-yil so‘ngiga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avtoturargohlar tadbirkorlarning shaxsiy mablag‘lari va bank kreditlari hisobidan bunyod etiladi.

Ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishga imkon bo‘lmagan joylarda ochiq avtoturargohlar quriladi. Ko‘p qavatlilardan farqli ravishda, ularning bepul bo‘lishi taklif etilmoqda.

Arxitektorning ta’kidlashicha, bugungi kunda shahardagi barcha metall garajlar maydoni 25,63 gektar bo‘lib, 8470 mashina sig‘imiga teng. 27,4 ming avtomobilni sig‘diruvchi yana 69,16 gektar maydon garaj xo‘jaliklariga tegishli.

Aksariyat hollarda garajlar joylashgan hududlar tashlandiq ko‘rinishga ega bo‘lib, yong‘in va jamoat xavfsizligi talablariga javob bermaydi, ular atrofida muntazam ravishda chiqindilar to‘planadi. Juda ko‘p hollarda garajlar tartibsiz o‘rnatilgan, ko‘pchiligi esa maqsadli foydalanilmaydi, ayrimlarida esa odamlar istiqomat qiladi.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 1-mart holatiga ko‘ra poytaxtda 420,1 mingdan ziyod avtomototransport vositasi hisobga olingan (2015-yil boshida 353,9 ming yoki qariyb 20 foiz kam). Shaxsiy avtomobillar turar joy mavzelarining katta qismini egallab, bolalar o‘yingohlari va aholi dam olishi uchun joy tobora qisqarib bormoqda.

Toshkent arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi turar joy mavzelari uchun bir qancha avtoturargoh loyihalarini tayyorlagan. Ularga ko‘ra ikki qavatlilarida 80, uch qavatlilarida 144 hamda olti qavatlilarida 480 va 532 avtomobil joylashadi.

Mavjud ochiq avtoturargohlar o‘rnida ham ko‘p qavatlilari bunyod etiladi. Ularning birinchi qavatida savdo va servis obyektlari tashkil etilishi mumkin.

Sa’dulla Muxtorxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, zamonaviy turar joy va noturar binolar loyihalarida avtomobillar saqlash uchun ular hududida yer osti turargohlar qurish ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют