» » Toshkentdagi barcha to‘yxonalar oldida avtoturargohlar quriladi. Avtoturargoh qurish imkoni yo‘qlarga faoliyati turini o‘zgartirish tavsiya etiladi

Toshkentdagi barcha to‘yxonalar oldida avtoturargohlar quriladi. Avtoturargoh qurish imkoni yo‘qlarga faoliyati turini o‘zgartirish tavsiya etiladi


Toshkent hokimligi shahar to‘yxonalari va yirik savdo markazlari, shuningdek, bozorlari oldida avtoturargohlarni tartibga solish va qurish masalasida ustida ish olib bormoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrining tumanlari hududida avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlanib, muhokama uchun internetga joylashtirilgan. Muhokama 29-aprelga qadar davom etadi.

Mavzuga doir: Toshkentda garajlarni buzish ishlari davom ettiriladi. Ularning o‘rnida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

Hokim qaroriga savdo majmualari, bozorlar va to‘yxonalar yon atrofidagi hududlarda 2017-yil 31-dekabriga qadar avtoturargohlar tashkil qilish masalasi kiritilgan.

Yot atrofidagi hududda avtoturargoh qurish imkoniyati bo‘lmagan savdo majmualari (supermarketlar, gipermarketlar) va to‘yxonalarga esa faoliyat turlarini qayta ixtisoslashtirish tavsiya etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют