» » To‘y suratkashi Lego’dan yasalgan kelin-kuyov uchun fotosessiya uyushtirdi (foto)

To‘y suratkashi Lego’dan yasalgan kelin-kuyov uchun fotosessiya uyushtirdi (foto)


Pandemiya tufayli ishsiz qolgan britaniyalik to‘y suratkashi Kris Uolles o‘z “forma”sini yo‘qotmaslik yo‘lini topdi. U Lego konstruktoridagi figuralardan to‘y fotosessiyasini uyushtirdi. Esquire’ning yozishicha, Uollesning yangi ishi yosh kelin-kuyovlarning havasini keltiradigan darajada chiroyli chiqqan.

Lego’dan yasalgan kelin-kuyovning figuralarini u Amazon’dan buyurtma qilgan. Dekoratsiya va fon sifatida hovlisidagi omborxona, o‘z iti va kompyuteri ekranidagi suratlardan foydalangan.

Uolles juftlikning tanishuv tarixini ham yozdi.

“Qanday ajoyib kun! Fred va Florensning omadi chopdi, karantinga qaramay, ularning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Kuryerlar bu kun kelishi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qildi. Fred va Florens omborda, aniqrog‘i Amazon’ning konveyerida tanishgan. Ularning nigohi o‘zaro to‘qnashgan va shu lahzadan boshlab ular umrbod birga bo‘lishlarini tushunib yetgan edi”, — deb yozdi suratkash o‘z saytidagi fotosessiya ta’rifida.

Uollesning so‘zlariga ko‘ra, Fred marosimga o‘zining Mercedes SL-500 avtomobilida kelgan. U do‘stlari bilan to‘y oldidan ziyofat ham uyushtirgan.

To‘yda maxsus mehmonlar — “Yulduzlar jangi” sagasi qahramonlari Xan Solo va Chubakka ham ishtirok etgan.

To‘y bazmi qanday yakun topganini quyidagi suratlar orqali tomosha qiling:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют