» » His-tuyg‘uga boy ayiq to‘y fotosessiyasiga tushib qoldi (foto)

His-tuyg‘uga boy ayiq to‘y fotosessiyasiga tushib qoldi (foto)


Amerikalik kelin-kuyovning to‘yidan olingan fotosuratlar kadrga tushib qolgan ayiqning yuz ifodalari tufayli internetda mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kelin-kuyov Minnesota shtati hayvonot bog‘ida fotosessiya uyushtirishga qaror qildi. Suratlardan birida ular ayiq saqlanadigan volyer oldida qo‘l ushlashib turibdi. Suratlarning har birida yirtqichning yuz ifodasi o‘zgarib boraverganini ko‘rish mumkin. Ularni hayratdan salbiy fikrgacha deb baholash mumkin.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar ayiq xuddi sevgisi rad etilgan oshiqqa o‘xshashini qayd etdi. Boshqalar jonivor kuyovga hamdardlik izhor etayotganini taxmin qildi. Ayrimlar esa to‘yni hayvonot bog‘ida nishonlash g‘oyasidan norozi bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют