» » Tel-Avivdagi hayvonot bog‘idan qochib ketgan begemot yana ortga qaytishga qaror qildi (video)

Tel-Avivdagi hayvonot bog‘idan qochib ketgan begemot yana ortga qaytishga qaror qildi (video)


Tel-Avivdagi Ramat Gan hayvonot bog‘ida begemot asosiy kirish joyidan qochib ketdi, lekin biroz o‘tgandan so‘ng yana o‘sha yo‘l bilan ortiga qaytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qochish jarayoni videokuzatish kameralariga yozib olindi. Unda begemotni erkinlikda ko‘rishni kutmagan va bundan hang-mang bo‘lib qolgan hayvonot bog‘i xodimini ko‘rish mumkin.

Jonivor hududga qaytganidan so‘ng o‘z manziliga joylashtirildi.

Ramat Gan xodimlari hayvonot bog‘idagi 24 begemotdan biri qanday qochib ketganini hozircha anglab yetmaganini tan oldi, biroq yuz bergan holatni sinchiklab tekshirishni va’da qildi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 13:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют