» » Lady Gaga ishtirokidagi Gucci haqidagi film premyerasi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Lady Gaga ishtirokidagi Gucci haqidagi film premyerasi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi


2019-yilda? rejissor Ridli Skott tomonidan suratga olish ishlari boshlangan Gucci fojiasi haqidagi film premyerasi 2021-yil 24-noyabrda bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Ushbu filmda bosh rolni xonanda sifatida yaxshi ma’lum Lady Gaga ijro qilgan. Bundan avval, 2018-yilda suratga olingan “Star is born” filmidagi Bredli Kuper bilan birgalikdagi ishtiroki qo‘shiqchiga omad olib kelgandi.

Film hayotiy voqeaga asoslangan bo‘lib, unda Lady Gaga Mauritsio Guchchining turmush o‘rtog‘i Patritsiya Redjani rolini ijro qilgan. Sujet asosini Patritsiyaning Gucci’ni o‘ldirishda ayblab, 18 yilga ozodlikdan mahkum qilingani, ammo muddatidan 4 yil avval ozodlikka chiqqani tashkil etadi.

Film senariysi Sara Gey Fordenning “Gucci uyi: Qotillik, tentaklik va ochko‘zlikning sensatsion hikoyasi” nomli kitobiga asoslangan bo‘lib, filmga rejissorning turmush o‘rtog‘i Jiannina Skott prodyusserlik qilgan.

Mavzuga doir: Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют