» » Nukusda avtomatlashtirilgan meteostansiya ochildi

Nukusda avtomatlashtirilgan meteostansiya ochildi


14-aprel kuni Nukusda BMT Taraqqiyot dasturi va “O‘zgidromet”ning “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi doirasida avtomatlashtirilgan meteostansiya ochildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Loyihada Qoraqalpog‘istonning 5 ta tumanida 10 ta meteorolik stansiya va 2 ta gidrologik postni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Yangi uskunalar ehtimoliy qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirib, fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv resurslari yetishmovchiligi hamda yer va yaylovlar degradatsiyasiga chidamliligini oshirishga imkon beradi.

Meteostansiyaning ochilish marosimida BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisnerning qayd etishicha, O‘zbekiston, xususan uning zaif qismi — Qoraqalpog‘iston iqlim o‘zgarishiga o‘ta moyil. Vaqt o‘tishi bilan havo xarorati oshib boradi, buning oqibatida xavfli iqlim hodisalari yuqori tezlikda sodir bo‘lishini kutish mumkin.

Опубликовано: admin (15-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют