» » Adliya vazirligi avtomashinani stikersiz boshqarganlik uchun jarimani to‘lash bo‘yicha odamlarni qiziqtirgan savolga javob berdi

Adliya vazirligi avtomashinani stikersiz boshqarganlik uchun jarimani to‘lash bo‘yicha odamlarni qiziqtirgan savolga javob berdi


Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov AOKA qoshida tashkil qilingan shtabda o‘tkazilgan brifingda avtomashinani ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun 4 million 460 ming so‘m jarimaga tortilgan haydovchining jarimani karantindan keyin to‘lashga ruxsat etilgan yoki etilmagani yuzasidan yo‘llagan savoliga javob qaytardi.

“Prezidentning 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5978-son farmoniga ko‘ra, karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, siz karantin qoidalarni buzganligingiz uchun sizga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash muddati uzaytirilmaydi.

Bundan tashqari, mazkur norma faqat karantinga olingan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi”, – deya javob berdi Primov.

Shuningdek, birifing davomidan “Xususiy klinikaning bosh vrachiman, lekin bizda xizmat mashinalarimiz yo‘q, shaxsiy transportda harakatlansa bo‘ladimi?”, - deya yo‘llangan savol bo‘yicha ham tushuntirish berildi.

“Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-martdagi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirishning vaqtinchalik tartibiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnomasiz harakatlanishi belgilangan edi.

Maxsus komissiyaning 2020-yil 8-apreldagi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari ro‘yxatdan chiqarilib, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari ro‘yxatda qoldirildi.

Mazkur ro‘yxatda xususiy tibbiyot muassasalari xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanishlariga ruxsat etilmagan”, – dedi Adliya vazirligi vakili.

Mavzuga doir:

Shuningdek, brifingda huquqni muhofaza qiluvchi organlar “o‘zini yakkalash” hayot tarziga rioya qilishni talab qilishga haqli yoki haqli emasligi bo‘yicha berilgan savolga javoban: “O‘zini yakkalash” hayot tarzi “Aholining sanitariya-epidemologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun va hukumatning 176-son qaroriga muvofiq joriy etilgani bois, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va aynan ichki ishlar organlari “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, fuqarolardan qonunchilikka rioya qilishlarini, huquqqa xilof harakatlarni to‘xtatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda ularni majburlash choralarini qo‘llash huquqiga ega ekanligi aytildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют