» » Shavkat Mirziyoyev karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to‘xtatib qo‘yishni taqiqladi

Shavkat Mirziyoyev karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to‘xtatib qo‘yishni taqiqladi


O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Prezidentning 19-martdagi farmoniga muvofiq, bu borada ko‘plab imtiyoz va preferensiyalar belgilangan edi.

26-mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev biznes vakillarining fikrini inobatga olgan holda, ularga yana qo‘shimcha yengilliklar berish zarurligini ta’kidladi.

1-oktabrga qadar tadbirkorlarning foydalanilmayotgan obyektlariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi.

1-noyabrga qadar koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar bankrot deb e’lon qilinmaydi.

Karantin muddati davomida tadbirkorlik subyektlari foydalanayotgan 3 600 dan ortiq davlat mulki obyektlari bo‘yicha ijara haqlarini undirish to‘xtatiladi.

Shuningdek, barcha loyihalar doirasida investitsiyaviy majburiyatlarni bajarish muddatlari 6 oyga uzaytiriladi.

Bundan tashqari, karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to‘xtatib qo‘yish taqiqlanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют