» » Buxoroda “komendantlik soati joriy etiladi”, deya yolg‘on ma’lumot tarqatgan ayol qidirilmoqda

Buxoroda “komendantlik soati joriy etiladi”, deya yolg‘on ma’lumot tarqatgan ayol qidirilmoqda


Buxoroda “komendantlik soati joriy etiladi”, deya yolg‘on ma’lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg‘itgan ayol qidirilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, buxorolik ayol Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Hamma ikki kun ichida taraddudini ko‘rib, bozor qilsin. Buxoroda serena ovozlari chalingandan so‘ng, komendantlik soati joriy qilinadi. Bu ovoz eshitilgach, ko‘chaga chiqmaslik talab etiladi. Dorixona hamda oziq-ovqat do‘konlari yopib qo‘yiladi. Shu tufayli dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini jamlang”, — deya odamlar orasida vahima uyg‘otuvchi yolg‘on audioyozuv tarqatgan.

“Biroq, ushbu xabar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shunga qaramasdan o‘sha ayol ijtimoiy tarmoqlarda vahima uyg‘otishga ulgurdi. Binobarin, aholi o‘rtasida yuqumli kasallik haqida vahima tarqatilishiga sabab bo‘ladigan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud”, — deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Samiyeva.

Aytilishicha, ayni paytda huquq-tartibot idoralari yolg‘on ma’lumot tarqatgan ayolni izlashga tushgan. Ammo haligacha topolmagan.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют