» » IIBB: Toshkent tinch, poytaxtda “Komendantlik soati” o‘rnatilmaydi

IIBB: Toshkent tinch, poytaxtda “Komendantlik soati” o‘rnatilmaydi


Toshkent tinch, poytaxtda “komendantlik soati” o‘rnatilmaydi. Bu haqda IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Azizxon Umarxonov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Davlat rahbarining “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida poytaxtda tunu-kun uch smenali patrul xizmati yo‘lga qo‘yilishi ko‘rsatib o‘tilgandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda komendantlik soati o‘rnatilarmish” degan gap-so‘zlar tarqalib ketdi.

IIBB rahbari o‘rinbosari bu mish-mishlarni qat’iy inkor etdi.

“Hech qanday ‘komendantlik soati’ o‘rnatilmaydi. Xudoga shukr, bizda tinchlik hukm surmoqda. Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi quroldan uzoqlashmoqda. Endilikda xodimlarimizga jangovar qurol (to‘pponchalar) o‘rniga elektroshokerlar beriladi”, — deya aniqlik kiritdi polkovnik.

Bo‘layotgan o‘zgarishlarning barchasi Toshkent aholisi hamda mehmonlarga qulaylik yaratish uchun amalga oshirilayotganini qo‘shimcha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют