» » AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning sobiq xodimasi uni jinsiy tegajog‘likda aybladi

AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning sobiq xodimasi uni jinsiy tegajog‘likda aybladi


AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning sobiq xodimasi Tara Rid siyosatchini jinsiy tegajog‘likda aybladi. Siyosatchining saylovoldi shtabi bu ayblovni rad etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Baydenning saylovoldi kampaniyasida kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor Keyt Bedingfeldning ma’lum qilishicha, bunday bayonotlar mustaqil matbuot tomonidan puxta o‘rganilishi kerak. Qayd etilishicha, bu bayonot haqiqat emas, bu holat hech qachon yuz bermagan.

Tara Rid 25-martdan boshlab bir nechta intervyu bergan hamda ularda Jo Bayden unga nisbatan 1993-yilda, qisqa vaqt davomida siyosatchining Senatdagi ofisida yordamchi bo‘lib ishlagan vaqtida tegajog‘lik qilganligini aytgan. Rid 9-aprel kuni politsiyaga murojaat qilgan va ismi ma’lum qilinmagan shaxs tomonidan uning jinsiy daxlsizligiga qilingan tajovuz qurboni bo‘lganini bildirgan. Tara Rid tomonidan berilgan arizada Jo Baydenning ismi ko‘rsatilmagan, biroq ayol gap aynan Bayden haqida ketayotganini aytgan.

Tara Ridning ta’kidlashicha, uning rahbari Baydenga sport sumkasini olib borishni so‘ragan, Rid sumkani olib borganda, Bayden uni devorga siqib, tegajog‘lik qilgan. Ridning aytishicha, u mazkur voqeadan so‘ng, jinsiy tegajog‘lik qurboni bo‘lgani haqida o‘zidan yuqori turuvchi xodimlarga aytgan.

Siyosatchining ofisida Rid bilan bir davrda ishlagan kishilarning ma’lum qilishicha, ular Bayden tomonidan Tara Rid yoki boshqa ayollarga nisbatan bunday harakatlar bo‘lganini eslay olmaydi.

Tara Rid 2019-yilda Jo Baydenni jinsiy tegajog‘likda ayblagan sakkiz nafar ayolning biri bo‘lgan. Tara Ridning aytgan so‘zlariga ko‘ra, Bayden ko‘pchilikning oldida uning bo‘yniga qaragan, sochlarini ushlagan va ayolning o‘zini noqulay sezishiga sababchi bo‘lgan. Biroq Rid jinsiy daxlsizlikka qilingan tajovuz qurboni bo‘lgani haqida gapirmagan.

77 yoshli Jo Bayden AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan yagona nomzod sanaladi. Uning nomzodi 2020-yil avgust oyida partiya syezdida rasman ilgari surilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют