» » O‘zbekcha “Qashqirlar makoni”, shou-biznesda xola mavzusi va Manzuradan onlayn osh. Mashhurlar karantinda nimalar bilan band (foto+video)

O‘zbekcha “Qashqirlar makoni”, shou-biznesda xola mavzusi va Manzuradan onlayn osh. Mashhurlar karantinda nimalar bilan band (foto+video)


O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslik uchun harakatni davom ettirmoqda. 13-aprel, dushanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va fotolar joyladi.

“Dizayn” jamoasining a’zosi Abdurahmon Mavlonov “Qashqirlar makoni” serialiga parodiya qilib tayyorlagan arxiv videolavhasini tayyorladi. Po‘lat Alemdar rolida Abdurahmon Mavlonov, Sulaymon Chaqir rolini esa Javlon Shodmonov ijro etgan. “Qashqirlar makoni” serialining musiqasi esa jonli chalingan.

View this post on Instagram

Arxiv 2016 yil erta baxor kunlari edi????????????????

A post shared by Abduraxmon_Mavlonov (@abduraxmon_mavlonov_dizayn) on

“Million” jamoasining a’zosi, aktrisa Feruza Normatova muxlislarining iltimosiga binoan otasi Odil Normatov qalamiga mansub “Marmartosh” she’rini o‘qib berdi.

View this post on Instagram

Iltimoslaringizga binoan joyladim, mehr va e’tibor uchun tashakkur????????

A post shared by ???????????????????????? ???????????????????????????????????? (@feruzanormatova) on

Aktyor Javlon Shodmonov Jahongir Poziljonov, Dilshod Mirzamurodov, Otabek Mirzaxolov hamda o‘zining Charli Chaplinga o‘xshab kiyingan va grimm qilingan rasmini joylab, kim ko‘proq Chaplinga o‘xshagani haqida muxlislarga savol tarzida post qoldirdi. Ushbu so‘rovga Davron Kabulov “aniq Dilshod aka emas, lekin”, — deya izoh qoldirgan.

View this post on Instagram

Arxiv. Kim Chaplinga ko’proq o’hshagan?????

A post shared by Javlon Shodmonov (@javlon_shodmonov) on

Xonanda Rayhon “Alda” deb nomlangan videoklipini joyladi.

View this post on Instagram

#rayhon #rayhonganieva #alda

A post shared by Райхон Ганиева (@rayhonganieva) on

Xonanda Xurshid Rasulov Koreyada jonli ijroda bo‘lib o‘tgan konsert dasturidan arxiv videolavhani joyladi.

View this post on Instagram

Карея давлатида булиб утган канцертимиздан укам Нуридиншох юборибтилар сизларга хам илиндик

A post shared by XURSHID RASULOV official (@xurshid_rasulov_official_) on

Bir kulishaylik. Qiziqchi Zokir Ochildiyev aktrisa Zuhra Soliyeva bilan birgalikda “Erkak” deb nomlangan qiziq lavha joylashtirdi.

View this post on Instagram

Erkak #sketchshou #komedy #comedy #kulgu #latifa #askiya #erkak #uyda #prikol #prikollar #vine #instagood @sanjarpardayev_official @zuhra_salieva

A post shared by Zokir Ochildiyev (@_zokirochildiyev_) on

Xonanda Manzura muxlislariga onlayn osh tayyorlab berdi.

View this post on Instagram

Фан клубимга чексиз миннатдорчилигим видео учун,мантаж учун..браво????????????

A post shared by Алхамду??лиллах (@manzura_singer) on

“Bravo” jamosining a’zosi Shahlo Zoirova noma’lum qo‘shiqchilar Bahrom va Ramila ijrosidagi “Xolamning o‘g‘li, xolamning qizi” deb nomlangan qo‘shiqni joylab, “menga yoqdi, sizga ham yoqadi degan umiddaman”, — deya yozib qoldirdi.

View this post on Instagram

????????????

A post shared by Shahlo Zoirova (@shahlo_bravo_official) on

Qiziqchi Shukrullo Isroilov xola mavzusini davom ettirib, qiziq videolavha joyladi. Videolavhaga esa “Xolamlar ooooo uyda o‘tiringlar, ko‘chaga chiqmanglar, oooooo, deyapti”, — deb izoh qoldirgan.

View this post on Instagram

Холамла ооооо уйда утирила кучага чикмела оооооо деяптила ????????????????

A post shared by Shukurullo (@shukurullo_isroilovoriginal) on

Xonanda Shahriyor Ostonbekov marhum shoir Anvar Obidjonning “Navoiyga o‘xshash-chun”, misrasi bilan boshlanadigan hazil she’rini kuyga solib, jonli ijroda kuyladi va sahifasiga joyladi.

View this post on Instagram

Marhum Xalq shoiri Anvar Obidjonning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.???????????? ???? Anvar Obidjon so‘zi ???? Shahriyorbek Ostonbekov musiqasi ???? Barcha ijodkorlarga Rahmatli shoir Anvar Obidjon kabi umrining oxirigacha ijod qilish baxti nasib etsin. #uydaqoling #anvarobidjon #navqironguruhiofficial #shaxriyorbekostonbekov #premyera

A post shared by Shaxriyorbek_Ostonbekov (@shaxriyorbek_ostonbekov) on

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan yakkaxon konsert dasturida kuylagan “Sheralining o‘g‘lidurman” deb nomlangan qo‘shig‘idan parcha joyladi. Sherali Jo‘rayev ushbu dasturdagi Zohirshohning kamchiligini ham aytib o‘tgan edi. Ushbu konsert dasturi hali ijtimoiy tarmoqlarga joylanmagan.

View this post on Instagram

- Ру?имнинг мадори, ?иблаго?им Отам! Шу дарго?ларда туришимнинг сабабчиси бўлган ягона инсон! Болалигимдан - “Ў?лим, масъулиятсизликнинг чизи?идан ?ам ўтма! Елкангда йигитлик ори, оиламиз шаъни турибди, шуни унутма!”– дея кўп у?тиргансиз. Гап-сўзларингиз юкини ?ай даражада ?ис этдим ва бажара оляпман билмайман... Аммо, билганим шуки Сизга муносиб бўлиш учун ?али кўп изланишим, ўрганишим керак. Агар мендан ?аётингдаги энг ?увончли кун ?айси бўлган, деб сўрасалар: Отамнинг юзини ёру? ?илган кун деб жавоб бераман! - Беминнатим Отажон, ме?натингизнинг мевасидан яна кўп йиллар ?узур олиб юришингизни Раббимдан сўраб дуо ?илишдан асло чарчамайман??

A post shared by ZOHIR SHOX JURAEV???????? (@zohirshohofficial) on

Aktyor, rejissor qiziqchi Sanjar Shodiyev “Omonmisiz yaqinlarim” deb nomlangan qo‘shiqni turmush o‘rtog‘i, xonanda Muhabbat Mehmonova hamda farzandlari bilan birga kuyladi.

View this post on Instagram

Aktyor, rejissyor, qiziqchi Sanjar Shodiyev (Borya) ayoli xonanda Muhabbat Mehmonova hamda farzandlari bilan jonli ijro ???? #Filmuz ???????????????? @film.uz

A post shared by FILM.UZ ShouBizneS va KINO (@film.uz) on

Xonanda Shahlo Ahmedova “Yurak” deb nomlangan videoklipini premyera qildi.

Xonanda Shohruh Mirzo G‘aniyev esa “Kimga” deb nomlangan taronasini premyera qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют