» » Chirchiqda maxsus karantin zonasida saqlanayotgan ayol farzandli bo‘ldi (video)

Chirchiqda maxsus karantin zonasida saqlanayotgan ayol farzandli bo‘ldi (video)


Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida saqlanayotgan ayol farzandli bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2002-yilda tug‘ilgan Do‘styorova Sevara 27-mart kuni Qozog‘istondan avtobus orqali oila a’zolari bilan kelganligi sababli karantinga olingan.

Homiladorligi tufayli ayol 12-aprel kuni soat 22:00 da tez yordam mashinasida Toshkent viloyati Perinatal markaziga joylashtirilgan. Ayol 13-aprel kuni soat 10:00 da o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Hokimlikning xabar berishicha, hozirda ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi, vaziyat malakali shifokorlar nazoratida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 934 nafarga yetdi, 12 nafari og‘ir ahvolda. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-mart) 85 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют