» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq, 12-aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 865 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-mart) 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 109) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют