» » “Real” Kazemiroga 3 o‘rinbosar topdi. Ularning barchasi fransiyalik

“Real” Kazemiroga 3 o‘rinbosar topdi. Ularning barchasi fransiyalik


Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemiroga o‘rinbosar qidirishni boshladi.

“Qirollik klubi” kerakli vaqtda braziliyalik futbolchining yo‘qligini bildirmaydigan o‘yinchi topmoqchi. Ayni paytda “Real” uch nafar fransiyalik futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar qilmoqda AS.

Birinchi nomzod “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bo‘lib turibdi. “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub prezidenti Florentino Peres bilan Kamavinga transferi borasida avval ham suhbatlashgan. O‘sha vaqtda transfer 10 million yevroga baholanayotgandi, hozir esa 17 yoshli futbolchi 45—50 million yevro turadi.

Ikkinchi variant — “Chelsi” yetakchisi Ngolo Kante. Avvalroq londonliklar klubi Kante bilan xayrlashishga tayyor ekani, biroq uni 80 million yevrodan kamiga sotmasligi xabar qilingandi.

Shuningdek, “Real” jamoasi “Lill” vakili Bubakari Sumarega ham befarq emas. Fransiya yoshlar terma jamoasi yarim himoyachining transferi 25 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq “Real”ning yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlari Pol Pogba va Erling Holand bo‘lishi xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют