» » OAVlar Tramp 2020-yilgi saylovlar uchun tayyorlana boshlaganini bilib qoldi

OAVlar Tramp 2020-yilgi saylovlar uchun tayyorlana boshlaganini bilib qoldi


AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun faol ravishda pul to‘plamoqda. Hozirgi kunga qadar u 30 million dollar miqdorida mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda New York Times gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Federal saylov komissiyasi hisobotiga ko‘ra, yil boshidan beri Tramp kampaniyasi 7,1 million dollar keltirgan. Yana 23 million dollar Respublikachilar partiyasi tomonidan yig‘ilgan.

Sobiq prezident Barak Obama 2009-yilgi prezidentligi davrida xuddi shunday muddat ichida umumiy hisobda 15 million dollar to‘plagan edi.

Trampning ko‘pchilik donorlari uncha katta bo‘lmagan miqdorda mablag‘ berayotgan bo‘lsa, katta miqdor uchun yozilgan bir necha chek respublikachilarning o‘ziga to‘q homiylari tomonidan taqdim etildi.

Qayd etilishicha, Tramp kampaniyasi qo‘mitasi yanvar oyidan beri 6,3 million dollar, shu jumladan, Make America great again shiori timsoli tushirilgan mahsulotlar sotuvi uchun 1,2 million dollar sarfladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp o‘z inauguratsiyasi vaqtida 2020-yildagi saylovda ishtirok etish uchun ariza bergan va ushbu holat Trampga kampaniya uchun mablag‘ to‘plashni boshlash imkonini bergan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют