» » AQSh hukumati Meksika bilan chegaradagi devor qurilishiga atigi 20 mln dollar ajratmoqchi

AQSh hukumati Meksika bilan chegaradagi devor qurilishiga atigi 20 mln dollar ajratmoqchi


AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Meksika bilan chegaradagi devor qurilishi uchun bor-yo‘g‘i 20 million dollar ajratilishini ko‘zda tutuvchi hujjatni tayyorladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Taxminiy hisob-kitoblar bo‘yicha mazkur devor qurilishiga 21,6 milliard dollar zarur.

Kongressda tarqatilgan hujjatda esa ajratilayotgan mablag‘ devor prototiplarini yetkazib berish bo‘yicha bir necha shartnoma imzolashga yetishi, biroq qurilishning o‘ziga yetmasligi qayd etilgan.

Reuters nashri mazkur mablag‘ devorning Arizona shtati Nako shahri yaqinidagi qismini qurish hamda chegarada videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish uchungina yetishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq prezident Donald Tramp devor Ichki xavfsizlik vazirligi mablag‘ va resurslari hisobidan qurilishi lozimligini ta’kidlagan.

Undan avval, Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasi doirasida mazkur devorning qurilishini 12 milliard dollarga, respublikachilar rahbarlari esa 15 milliard dollarga baholagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют