» » Tramp AQShning janubiy chegarasidagi devor qurilishi tez orada boshlanishini e’lon qildi

Tramp AQShning janubiy chegarasidagi devor qurilishi tez orada boshlanishini e’lon qildi


Meksika bilan chegaradagi devor qurilishi tez orada boshlanadi, u jinoyatchilik va narkotiklarga qarshi kurashda samarali qurolga aylanadi. Bu haqda AQSh rahbari Donald Tramp ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Biz chegaralarimizda qonun yaxlitligi va ustunligini qayta tiklashimiz kerak. Shu sababli biz yaqin orada janubiy chegaramiz bo‘ylab buyuk devor qurilishini boshlaymiz”, — dedi u AQSh Kongressining ikkala palatasi qarshisida nutq so‘zlar ekan.

Tramp, shuningdek, “haqiqiy migratsiya islohoti amalga oshishi mumkinligiga ishonishi”ni aytdi.

“Agar biz amerikaliklarning ishga joylashishi va ish haqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga, milliy xavfsizlikni mustahkamlashga va qonunlarimizga hurmatni qayta tiklashga e’tiborni qaratsak, ijobiy natijalarga erishamiz”, — dedi Amerika prezidenti.

AQSh bojxona-chegara xizmati mart boshida devor dizayni loyihalarini qabul qilishni boshlaydi. 20-martgacha tanlov finalchilari aniqlanadi, 24-martgacha esa ular o‘z loyihalari xarajatlari smetasini taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют