» » Meksika bilan chegaradagi devor AQShga 64 mlrd dollarga yaqin mablag‘ni tejashga yordam beradi

Meksika bilan chegaradagi devor AQShga 64 mlrd dollarga yaqin mablag‘ni tejashga yordam beradi


Meksika bilan chegaradagi devor tufayli AQSh keyingi o‘n yil davomida 64 milliard dollarga yaqin mablag‘ni tejashi mumkin. Bu haqda AQSh immigratsiyani o‘rganish markazi ilmiy ishlar bo‘yicha direktori tadqiqotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Markaz tahlilshunoslarining so‘zlariga ko‘ra, AQShda har bir noqonuniy muhojir uchun 94 ming dollarga yaqin budjet mablag‘lari sarflanadi.

Agar devor noqonuniy muhojirlar sonini yarmiga bo‘lsa-da kamaytirish imkonini bersa, 12—15 milliard dollarga baholanayotgan qurilishning o‘rni tezda qoplanib ketadi.

“AQSh janubiy chegarasi bo‘ylab quriladigan devor Amerikaga noqonuniy kirishni istovchilarning hech bo‘lmaganda 50 foizini to‘xtata olsa, keyingi 10 yil davomida davlat budjetidan 64 milliard dollarga yaqin mablag‘ni tejash mumkin. Bu esa devor qurilishi qiymatidan bir necha marta ortiq”, — deyiladi tadqiqotda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют