» » Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi

Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi


Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer Premyer Liganing joriy mavsum ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Bu haqda APL matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tarkibdan besh nafar “Liverpul” futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, “Manchester Siti” va “Lester”dan ikki nafardan o‘yinchi olingan.

Ma’lumot uchun, Premyer Liga rasmiy Twitter’i har turdan so‘ng Shirer tomonidan tuzilgan tur ramziy terma jamoasini e’lon qilib boradi.

Darvozabon: Din Henderson (“Sheffild Yunayted”)

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Endryu Robertson, Virjil van Deyk (barchasi “Liverpul”), Jonni Evans (“Lester”);

Yarim himoyachilar: Jordan Henderson (“Liverpul”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”);

Hujumchilar: Sadio Mane (“Liverpul”), Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”), Serxio Aguero (“Manchester Siti”), Jeymi Vardi (“Lester”).

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionati o‘yinlari koronavirus sabab 29-turga kelib to‘xtab qolgan. Musobaqa jadvalida “Liverpul” 82 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “Manchester Siti” (57) va “Lester” (53) boryapti.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют