» » Angliyada yil ramziy terma jamoasi tuzildi, unda Saloh va Azarga joy topilmadi

Angliyada yil ramziy terma jamoasi tuzildi, unda Saloh va Azarga joy topilmadi


Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) talqiniga ko‘ra joriy mavsum Angliya Premyer ligasining ramziy terma jamoasi tuzildi.

Tarixda birinchi marta joriy mavsum ramziy terma jamoa takibiga faqatgina 3 ta klub futbolchilari kiritildi. Mazkur ramziy terma jamoa Professional futbolchilar assotsiatsiyasi tarkibiga kiruvchi liga futbolchilari orasida ovoz berish yo‘li orqali tuzildi.

Qayd etish joiz, undan “Chelsi” a’zosi Eden Azar (APLning ayni damdagi eng yaxshi assistenti) hamda “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh (19 ta gol bor hisobida) o‘rin olmadi.

Darvozabon: Ederson Morayes (“Manchester Siti”)

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Endryu Robertson, Virjil van Deyk (hammasi — “Liverpul”), Emerik Lyaport (“Manchester Siti”)

Yarim himoyachisi: Fernandinyo, Bernardu Silva (barchasi — “Manchester Siti”), Pol Pogba (“Manchester Yunayted”)

Hujumchilar: Rahim Sterling, Serxio Aguero (ikkalasi ham — “Manchester Siti”), Sadio Mane (“Liverpul”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют