» » “Barselona” YChLda “Real”dek omadga suyana olmaydi” — Xavi

“Barselona” YChLda “Real”dek omadga suyana olmaydi” — Xavi


“Barselona” sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning “As-Sadd” jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandes katalon klubining Chempionlar Ligasidagi natijalari haqida fikr bildirdi.

“Chempionlar Ligasida “Barselona”ga favorit sifatida qarash qiyin. Jamoa qolganlardan ancha kuchli bo‘lgan vaqtdagina musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan va ayrim jamoalarga kulib boqqan tarixiy omadga suyana olmaydi. Ha, men “Real”ni nazarda tutyapman. Bunaqasi boshqa jamoalarda ham bo‘lgan.

“Barselona”ning 2009-yilgi musobaqada “Chelsi”ga qarshi (yarim final) o‘yinda omadi kulib qolgan. O‘shanda jamoa kamchilik qolgan va darvoza tomon deyarli zarba berilmagan vaqtda Inyesta gol urib, final eshiklarini ochgandi. Bu omad edi.

Men Primerada yomon natija qayd etib, to‘rt, besh yoki oltinchi o‘rinni olgan holda, o‘sha mavsum Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni nazarda tutyapman. “Barselona” bilan bunaqasi bo‘lmagan, “Real”da esa bo‘lgan. Aynan shuning uchun omad haqida gapiryapman.

“Barselona” ustunlikka ega bo‘lishi va o‘z kuchiga ishonchni his qilishi kerak. Jamoa o‘z raqiblaridan sezilarli darajada kuchli bo‘lgan taqdirda g‘alaba qozonadi, buni tarix ko‘rsatib turibdi”, — deydi Xavi.

“Real” 2016—2018-yillar oralig‘ida uch bor Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi va bu natijani qayd etgan musobaqa tarixidagi ilk jamoaga aylandi. Bu vaqt ichida madridliklar faqat bir bor Ispaniya La Ligasi chempioni bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют