» » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi


O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan savdolar chog‘ida dollar kursi 10 121 so‘mga yetdi. Birjadagi bunday keskin o‘sish ortidan O‘zbekiston Markaziy banki bir hafta ichida ikkinchi marta xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini yangiladi.

Xabar berishlaricha, valyuta birjasida savdolar chog‘ida dollar kursi 14-apreldagi ko‘rsatkichga nisbatan 328 so‘mga oshgan. Ayni vaqtda yevro kursi 404 so‘mga oshib, 11 111 so‘mni tashkil etgan. O‘z navbatida, Markaziy bank 16-apreldan boshlab bir dollar qiymati 10 121 so‘m, bir yevro esa 11 111,85 so‘m bo‘lishini e’lon qildi.

Qayd etish joiz, Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan kursini ikki kun avval yangilagan, unga ko‘ra bir dollar qiymati 9 693,36 so‘m, bir yevro qiymati esa 10 599,69 so‘m deb baholangan edi.

14-aprel kuni O‘zbekistonning bir qator banklari dollarni 10 ming so‘mdan yuqori qiymatda sotish va sotib olishni boshlagani ma’lum bo‘lgandi. Banklar AQSh valyutasini mijozlarga asosan 10 150 so‘mdan taklif qilmoqda.

Mavzuga doir: Banklarda dollar kursi 10 ming so‘mdan oshdi

Avvalroq aprel oyi boshidan so‘mning keskin qadrsizlangani munosabati bilan Markaziy bank bayonot berib, bunga eksport tushumlari va pul o‘tkazmalari hajmi qisqargani, shuningdek, Rossiya rubli va Qozog‘iston tengesi qadrsizlanganini sabab qilib ko‘rsatgan edi.

Ayni vaqtda Markaziy bank so‘m almashuv kursining qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholashini bildirgan edi. MBning dastlabki prognozlarga ko‘ra, qisqa muddatli davrda so‘m almashuv kursi ma’lum bir kichik o‘zgarishlardan keyin o‘zining fundamental trendiga yaqin darajada shakllanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют