» » Qozog‘istonda virusga chalinganlar soni 1267 kishiga yetdi

Qozog‘istonda virusga chalinganlar soni 1267 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 6 ta holat qayd etilib, jami kasallar soni 1267 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi 6 ta holat Olmaota shahrida qayd etilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida 14 kishi vafot etgan. Shuningdek, 203 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Avvalroq Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Olimlar COVID-19’ning murdadan tirik odamga yuqishi bo‘yicha birinchi holat kuzatilganini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 15-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1214 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 99 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют