» » Venger—Fergyuson, Zidan—Materatssi. Futbol olamida XXI asrning eng esda qolarli janjallari reytingi tuzildi

Venger—Fergyuson, Zidan—Materatssi. Futbol olamida XXI asrning eng esda qolarli janjallari reytingi tuzildi


FourFourTwo portali futbol olamida XXI asrning eng yorqin 50 ta tortishuvi ro‘yxatini e’lon qildi.

Unda “Arsenal” sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger va “Manchester Yunayted” sobiq ustozi Aleks Fergyuson o‘rtasidagi kelishmovchilik birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Ikki afsonaviy mutaxassisning o‘tgan o‘n yillik boshidagi keskin munosabati Zinedin Zidan va Marko Materatssining JCh—2006 finalidagi janjalidan o‘zib ketdi.

Vanda Nara sabab kelishmovchilikka uchragan argentinaliklar Mauro Ikardi va Maksi Lopes janjali kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

 Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

Luis Suares — Patris Evra, Zlatan Ibragimovich — Xosep Gvardiola, Joze Mourinyo — Iker Kasilyas, Oliver Kan — Yens Lemann, Jon Terri — Ueyn Brij, Serxio Ramos — Xerard Pike, Zlatan Ibragimovich — Rafael van der Vart, Garet Beyl — “Real”, Neymar — Edinson Kavani, Pol Pogba — Joze Mourinyo va “Manchester Siti” — UEFA qarama-qarshiliklari kuchli o‘nlikka kira olmadi. To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishing.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют