» » Joze Mourinyo APLdagi karyerasi davomida ilk bor Arsen Vengerdan yengildi

Joze Mourinyo APLdagi karyerasi davomida ilk bor Arsen Vengerdan yengildi


Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turida Londonning “Arsenal” klubi “Manchester Yunayted”ni taslim qildi — 2:0.

Premyer-liga sayti statistikasining ko‘rsatishicha, Mourinyo va Venger jamoalari APLda shu vaqtga qadar 12 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 5 tasida portugaliyalik mutaxassisning qo‘li baland kelgan. Qolgan yetti uchrashuvda esa g‘olibni aniqlab bo‘lmagan.

“Manchester Yunayted” klubi asosan “Chelsi” futbolchilari ta’minlab kelgan chiroyli an’anani yo‘qqa chiqarib, Londonda “Arsenal” hujumlariga turib bera olmadi.

Natija, albatta, xafa qildi. Hech kim yorqin futbol ko‘rsatmadi, biroq umumiy olganda alohida futbolchilar yomon to‘p surmadi.

Ueyn Runi yaxshi o‘ynadi. Birinchi taymda unda qulay imkoniyat bo‘lgandi, gol urganida hammasi balki boshqacha bo‘lardi. Pogba esa o‘ynamadi, Reshford bir necha daqiqaga ko‘rindi.

Biz Yevropa ligasida g‘olib bo‘lmoqchimiz. Bu to‘rtlikka kirgandan yaxshiroq. Bu yo‘lda ayrim futbolchilarga dam kerak.

Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют