» » Joze Mourinyo mag‘lubiyatsiz seriyada “Yunayted”, duranglar sonida APL rekordini o‘rnatdi

Joze Mourinyo mag‘lubiyatsiz seriyada “Yunayted”, duranglar sonida APL rekordini o‘rnatdi


Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” APLning ketma-ket 25 uchrashuvida mag‘lub bo‘lmay, klub rekordini o‘rnatdi.

Manchester derbisida “Siti” bilan 0:0 o‘ynagan “Yunayted” rekordni takrorlagandi, “Suonsi”ga qarshi o‘yinda qayd etilgan 1:1 hisobidan keyin esa mag‘lubiyatsiz rekord yangilandi.

Shuningdek, “mankunianlar” duranglar soni bo‘yicha Premyer-liga rekordini yangilab qo‘ydi. Shu kunga qadar APLning hech bir klubiga bitta mavsumda 14 bor durang o‘ynash nasib qilmagandi.

Qiziq tomoni, “Yunayted” 10 ta durangni “Old Trafford”da qayd etgan va raqiblarini o‘z uyida taslim qila olmagan.

“Yunayted” navbatdagi ikki turni safarda “Arsenal” (7-may) va “Tottenhem” (14-may) klublariga qarshi o‘tkazadi.

Yaqindagina “Manchester Yunayted” uchun eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib, bu borada Bobbi Charltonni ortda qoldirgan Ueyn Runi, “Suonsi”ga qarshi o‘yindan keyin APLda eng ko‘p gol urgan ikkinchi futbolchiga aylanib oldi.

“Suonsi” darvozasiga penaltidan urilgan gol Runi uchun APLdagi 150-aniq zarba bo‘ldi. Hujumchi bu borada Endryu Koul hamda Frenk Lemparddan o‘zib ketdi.

APLda eng ko‘p gol urish Alan Shirerga nasib qilgan. Uning hisobida 190 ta gol bor.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют