» » Moliya vazirligi: Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar vaqtida o‘tkazib berilmoqda

Moliya vazirligi: Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar vaqtida o‘tkazib berilmoqda


Moliya vazirligi 2020-yil 19-martda qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Prezident farmoni bilan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilinishi belgilab qo‘yilganini eslatib o‘tdi.

Vazirlikining xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori bilan koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan:

Moliya vazirligi bergan ma’lumot bo‘yicha mazkur farmon va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun, shu jumladan, tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlari uchun 2020-yilning 23-mart kuni Moliya vazirligi qoshidagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining har biriga dastlabki ravishda 5 milliard so‘mdan jami 70 milliard so‘m ajratilgan.

Bundan tashqari, 2020-yilning 27-mart kuni Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga talabnomaga asosan qo‘shimcha ravishda 8,5 milliard so‘m hamda 7-aprel kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga talabnomalarga asosan har biriga qo‘shimcha 5 milliard so‘mdan ajratilgan.

2020-yilning 14-apreliga qadar hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan respublika bo‘yicha:

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 15-aprel holatiga ko‘ra hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining g‘azna hisob varaqlarida yuridik majburiyatlar bilan band qilinmagan 38 milliard so‘m zaxira mablag‘lari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 million so‘mdan berilgani haqida xabar qilingan.

O‘zbekistonda 15-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 27 nafarga oshib, 1302 kishiga yetgan, COVID-19 dan tuzalganlar soni soat 18:00 holati bo‘yicha 107 kishini tashkil qilmoqda. O‘tgan vaqt davomida koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etgan. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют