» » Xalq ta’limi vazirligi uyda yakka tartibda ta’lim olishni tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berdi

Xalq ta’limi vazirligi uyda yakka tartibda ta’lim olishni tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berdi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi uyda yakka tartibda ta’lim olishni tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, uyda yakka tartibda ta’lim olish XTV va SSVning “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 30-iyundagi qaroriga asosan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qatnay olmaydigan bolalar uchun tashkil etiladi.

O‘quvchilarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida maktabning tegishli sinfida o‘qiyotgan bolalardan ikki yoshga katta o‘quvchilarni ham ushbu sinfda uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilishga ruxsat etiladi.

Uyda yakka tartibda ta’lim berishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat. Buning uchun maktab direktorlari maktab joylashgan hududda yashaydigan o‘quvchilarni aniqlaydi, ro‘yxatga oladi hamda ularni uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun jalb qilish choralarini ko‘radi.

O‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishini belgilash uning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasiga asosan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-martdan koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari karantinga yopilgan edi. Shu sababli maktab o‘quvchilarining ta’til paytida bilim olishi uchun videodars mashg‘ulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish bo‘yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh tuzildi va 30-martdan boshlab televideniye orqali darslar berib borish boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют