» » Yakka tartibdagi tadbirkorlar qarzdorligi hisobdan chiqariladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qarzdorligi hisobdan chiqariladi


Faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘ygan yakka tartibdagi tadbirkorlar qarzdorligi hisobdan chiqariladi, deb yozadi Spot Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Xabarga ko‘ra, Prezidentning “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ushbu hujjat kuchga kirgan vaqtda mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlik, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha hisoblangan qarzdorliklar hisobdan chiqarilmoqda.

Farmon asosida yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi bo‘yicha o‘rnatilgan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat’iy belgilangan soliqni bir yo‘la undirish tartibi ham bekor qilinmoqda.

Qarzdorligi hisobdan chiqarilayotgan shaxslarga kimlar kiradi?

“2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi qo‘llanilmoqda”, — dedi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq qarzini undirishni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Rajabov.

Ta’kidlanishicha, respublikada mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliqlar miqdori 89,8 mlrd. so‘m, ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar miqdori 31,8 mlrd. so‘m, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha hisoblangan qarzdorlik miqdori 637,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, mazkur qarzdorliklar tegishli tartibda hisobdan chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют