» » Yakka tartibdagi tadbirkorlarni valyuta sotishdan ozod etishdi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni valyuta sotishdan ozod etishdi


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (pdf) e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Hujjatga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etildi.

Imtiyoz qishloq xo‘jalik mahsulotlari va yovvoyi o‘simliklar, mis va undan yasalgan buyumlar, shuningdek, tabiiy gazni eksport qiluvchi yakka tadbirkorlarga nisbatan amal qilmaydi.

Bundan tashqari, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risidagi nizomga ham o‘zgartirish kiritildi va olib chiqilishi uchun sertifikat talab qilinmaydigan, so‘nggi 50 yil ichida yaratilgan bunday xalq san’ati asarlari ro‘yxati tuzildi.

Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘zlari yaratgan amaliy bezak san’ati buyumlari badiiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va ularga hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun maxsus yig‘im eng kam oylik ish haqining 10 foizi etib belgilandi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют