» » Endi bankda hisobvaraq ochish uchun ta’sis hujjatlari talab etilmaydi

Endi bankda hisobvaraq ochish uchun ta’sis hujjatlari talab etilmaydi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori (pdf) bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Hujjatdan ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan banklarda milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar ochilishi zarurligi to‘g‘risidagi talab olib tashlandi.

Endi tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi, shuningdek, ta’sis hujjatlarining nusxalari taqdim etilishi shart emas. Banklar ushbu ma’lumotlarni “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashgan tizimi” orqali oladi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют