» » Yakka tartibdagi tadbirkorlar kartalaridan har qanday tovar va xizmatlar uchun to‘lash imkoniyati tug‘iladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar kartalaridan har qanday tovar va xizmatlar uchun to‘lash imkoniyati tug‘iladi


Yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlarining plastik kartalaridan nafaqat ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, balki har qanday tovar va xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Markaziy bank “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartishlarni kiritdi.

“Endilikda tomonlar, ya’ni sotuvchi va bank kartasi egasi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzish shart emas”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Bunday to‘lovlar amalga oshirilganida hisobot hujjati sifatida kvitansiya va hisoblarning originallari, ularga ilova qilingan, bankomat, infokiosk hamda terminal kvitansiyalari ko‘riladi. Terminaldan to‘lov amalga oshirilganida to‘lovni qabul qilgan ishchi kvitansiyani imzolashi hamda “to‘langan” muhrini bosib berishi talab etiladi.

Shuningdek, endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z kartalarini foydalanish uchun boshqalarga berish huquqiga ega.

Ilgari ular plastik kartalaridan faqat ishlab chiqarish ehtiyojlari yo‘lida foydalanishi mumkin edi.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют