» » Plastik kartada pul qolmasa ham, tovar va xizmatlar uchun to‘lash mumkin bo‘ladi

Plastik kartada pul qolmasa ham, tovar va xizmatlar uchun to‘lash mumkin bo‘ladi


Plastik kartalar egalari balans nol bo‘lib turgan holatda ham tovarlar va xizmatlar uchun pul to‘lashi mumkin bo‘ladi. Bunday xizmatning joriy etilishi haqida Markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i Majid Tohirov shahar hokimligidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Nuz.uz”.

Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, bank kartalar egalariga kichik muddatga muayyan foiz bilan pul taqdim etadi. Ya’ni bank nafaqat hisobda bo‘lgan pul mablag‘ini sarflashga, balki biroz miqdorda pul qarzga olishga ham ruxsat beradi.

“Ushbu xizmat faqat maosh kartalari egalari uchun mavjud bo‘ladi. Masalan, balansi nol bo‘lgan odam o‘z kartasi bilan muayyan summani to‘laydi. Uning maosh kartasiga pul tushganidan so‘ng qarz avtomatik tarzda yopiladi”, — deya aniqlik kiritdi Tohirov.

Markaziy bank vakili so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Umumrespublika yagona prosessing markazi ushbu xizmatni joriy qilish ustida ishlamoqda. U aholiga 1-martdayoq taqdim etilishi kutilmoqda. Birinchi bosqichda qarz summasi eng kam oylik ish haqidan (150 ming so‘m) oshmaydi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 09:58)
+4 (голосов: 4)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют