» » O‘zbekistondagi davolash-profilaktika muassasalari qoshida maktablar tashkil etiladi

O‘zbekistondagi davolash-profilaktika muassasalari qoshida maktablar tashkil etiladi


Xalq ta’limi vazirligi “Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta’lim berishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokama uchun joylashtirdi.

Mazkur hujjat bilan davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash rejalashtirilgan.

Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olish bepul amalga oshiriladi va ta’lim olish tilini tanlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi:

Sil kasalligi va uning shakllariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

Tayanch tizimi kasalliklari va ularning asoratlariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

Ruhiy asab kasalliklariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari.

Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar) hamda umumiy o‘rta ta’lim (I —XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

O‘quvchining davolash-profilaktika muassasasiga davolash uchun qabul qilinganligi uni muassasa qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.

Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinflardagi o‘quvchilar soni 10—20 nafarni tashkil etadi. Sinfdagi o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan hollarda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar (1—3-sinf, 2—4-sinf, 1—4-sinf) komplekt sinflarga birlashtiriladi. Yuqori sinflarda o‘quvchi sonidan qat’i nazar sinflar ochishga ruxsat beriladi. Dars soatining davomiyligi 40 daqiqadan iborat bo‘ladi.

Og‘ir va avj oluvchi kasalliklarga chalingan, shuningdek, jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan o‘quvchi davolovchi shifokor tavsiyasiga ko‘ra, sog‘lig‘ini himoyalovchi rejimga o‘tkazilishi, ayrim fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlaridan ozod etilishi yoki dars soatlarining davomiyligi qisqartirilishi mumkin.

Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining filiallarida ta’lim jarayoni muassasa yaqinidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha haq to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют