» » Karantin davrida birja savdolarida sotilayotgan unning narxi oshayotganiga izoh berildi

Karantin davrida birja savdolarida sotilayotgan unning narxi oshayotganiga izoh berildi


Joriy yilning 16-martidan birjaning un bozorida talab oshib, birja savdolarida xaridorlar soni ham ortgan.“Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning xabar berishicha, bu haqda 16-aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda “Tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot xizmati rahbari Hikmatilla Tillaboyev aytib o‘tdi.

Birja vakilining ma’lum qilishicha, 2020-yilning 16-martidan beri un bozorida talabning o‘sishi kuzatilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yil oxirigacha un, go‘sht, sut va shakarni import qilishda bojxona boji va aksiz solig‘i undirilmaydi

“Xususan, mart oyining boshlarida un bo‘yicha birja savdolarida o‘rtacha 1 800 ta xaridorlar ishtirok etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni o‘rtacha 4 500 taga yetdi. Shu munosabat bilan unga bo‘lgan talabni to‘laqonli qondirish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan birgalikda mart oyida birja savdolariga qo‘shimcha 19 ming tonna un mahsuloti qo‘yildi. Ayni paytda birja savdolariga har kuni o‘rtacha 6 900 tonna birinchi navli un qo‘yilmoqda. Bularning natijasida ko‘rib chiqilayotgan davrda unning o‘rtacha haftalik kotirovkasi, ya’ni narxi bir kilogrammi uchun 2 494 so‘mdan 2 471 so‘mgacha pasaydi.”

                Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют