» » Xitoyda bir sutka ichida 26 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda bir sutka ichida 26 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 26 kishida koronavirus aniqlandi, 52 kishi tuzaldi, kasallikdan o‘lim holatlari qayd etilmadi.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, qayd etilgan 26 holatdan 15 tasida kasallik xorijda yuqtirilgan, qolgan 11 ta holatda esa mamlakatning o‘zida yuqtirilgan.

Mamlakatda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 83 753 kishi kasallangani tasdiqlangan, 77 944 nafari tuzalgan, 4 636 kishi vafot etgan.

Shuningdek, Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lum qilgandi. So‘nggi sutkada 66 ta shunday holat aniqlangan. Ularning 3 tasi chetdan yuqtirilgan.

Avvalroq Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qilgandi. Keyinchalik mamlakat bosh epidemiologi Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi. COVID-19’ni davolash bo‘yicha Shanxaydagi ekspertlar guruhi a’zosi insoniyat yoz faslida koronavirus pandemiyasidan butkul qutula olmasligini, noyabr oyida kasallikning yangi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligini aytdi.

Amerikaning Fox News telekanalida koronavirusga chalingan ilk bemor Uxandagi laboratoriya xodimi ekanligi ma’lum qilingandi. Xitoy koronavirusning sun’iy ravishda kelib chiqqanligi haqidagi har qanday qarashni rad etmoqda.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus dunyo bo‘yicha o‘z cho‘qqisiga chiqmaganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют