» » Video: Rossiyalik blogerlar eski Mercedes’ni ta’mirlab, bir rubl evaziga sotuvga qo‘ydi

Video: Rossiyalik blogerlar eski Mercedes’ni ta’mirlab, bir rubl evaziga sotuvga qo‘ydi


YouTube’dagi “PrivetTachka” kanalining mualliflari eski, abgor holda yotgan Mercedes-Benz E-Class (W124) mashinasini topib, ta’mirlab, bir rubl evaziga sotuvga qo‘ydi, deb xabar beradi Motor.

Mercedes’ning W124 seriyasi 1984-yildan 1996-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Model ispan avtosalonida bir vaqtning o‘zida yettita versiyasi bilan taqdim etilgan: 200, 230E, 260E, 300E, 200D, 250D, 300D. 1989-yilda W124 modeli modernizatsiyadan so‘ng, qattiq amortizator va prujinalarga ega Sportline paketiga, shuningdek, 220 ot kuchiga ega 3,0 litrli M104 benzin dvigateliga ega bo‘lgan.

Biroq Mercedes-Benz W124 versiyalari orasida eng ommalashgani 1990-yilda ishlab chiqarilgan 500E hisoblanadi. Supersedanga 326 ot kuchiga ega 5,0 litrli V8 motori o‘rnatilgan va u to‘rt pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi bilan boshqariladi.

Mavzuga doir: Mercedes-Benz 19 yil davomida omborda saqlangan mashinasini sotuvga qo‘ydi

500E soatiga 100 kilometr tezlikka 6,1 soniyada chiqa oladi; maksimal tezligi 260 km/soatga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют