» » Mister Binning shaxsiy kolleksiyasidagi 2 ta avtomobil auksionda sotiladi

Mister Binning shaxsiy kolleksiyasidagi 2 ta avtomobil auksionda sotiladi


Mister Bin roli bilan mashhur bo‘lgan britaniyalik komedik aktyor Rouen Atkinson Race Retro Classic Car Sale auksionida o‘z shaxsiy kolleksiyasidan ikkita avtomobilni sotadi. Ular — 1989-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 500E va Lancia Thema 8.32. Savdolar joriy yilning fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Mercedes-Benz 500E sedani Porsche bilan hamkorlikda yaratilgan. Avtomobil besh litr sig‘imli va 36 ot kuchiga ega bo‘lgan V8 dvigateli bilan jihozlangan. Mashina 6,1 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Sedan 80 ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tgan.

Lancia Thema 8.32 ning taqdimoti 1986-yilda Turindagi avtoshouda bo‘lib o‘tgan. 2,9 litrli va 215 ot kuchiga ega mashina Ducati kompaniyasi tomonidan yig‘ilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 05:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют